Maxfiylik siyosati
WHATSIN qanday ma'lumot yig'adi va ulardan qanday foydalanadi.
Yangilangan: 22.09.2026
1. Yig'iladigan ma'lumot
Sayt: brend havolasi, kategoriya, to'lov yozuvlari (summa, provayder, holat), anonim tashrif identifikatori (statistika uchun). Telegram bilan kirganda — profil ma'lumotlari (ID, username, ism, rasm). Bot: so'rovlar (havola, media nomi, sifat, holat), musiqa aniqlash natijalari. Bank kartasi ma'lumotlari bizga kelmaydi — to'lov Payme/Click tomonida.
2. Nima uchun
Reytingni yuritish, to'lovlarni hisobga olish, suiiste'molni oldini olish, ommaviy statistika (faqat umumiy sonlar) va texnik loglar.
3. Ochiq ma'lumotlar
Reytingdagi brend ma'lumotlari (nom, tavsif, logotip, havola, summa, kliklar) ommaviy ko'rsatiladi — bu xizmatning mohiyati.
4. Uchinchi tomonlar
Telegram (bot va kirish), Payme va Click (to'lov), musiqa aniqlash provayderi (audio parcha), brend sahifasidan ochiq ma'lumot olish (OpenGraph). Ma'lumot sotilmaydi.
5. Huquqlaringiz
Kabinetda tilni va sozlamalarni o'zgartirish, barcha qurilmalardan chiqish mumkin. Ma'lumotlarni o'chirish yoki savollar uchun qo'llab-quvvatlash orqali murojaat qiling.